Call-markazi operatori, Toshkent

Kerakli ko’nikmalar:

- Ta’lim: o’rta-maxsus va yuqoriroq;
- Til bilish: o’zbek va rus tilida erkin gapirish;
- Ofis dasturlarini ishlata olish, tajribali kompyuter foydalanuvchisi bo’lish;
- Savodli nutq, samarali muloqot qilish qobiliyati, mijozlarga e’tiborli bo’lish, yordam berishga tayyorlik;
- Shaxsiy fazilatlar: toqatlilik, yangi ma’lumotni o’rganish qobiliyati, stressga chidamlilik, quvnoqlik;
- Nomzod o’xshash lavozimda ish tajribasiga ega bo’lgani ma’qul.
Vazifalar:
Barcha kiruvchi murojaatlarni qabul qilish (qo’ng’iroqlar, e-mail, Telegram) va ular bilan ishlash;
- Ma’lumot va maslahat berish xizmatlarini ko’rsatish.

Bizning taklifimiz:
- Dadil rivojlanayotgan kompaniyada ish tajribasi;
- Yuqori tajribaga ega mutaxassislar qo’li ostida ish boshlash;
- Professional va kasbiy o’sish imkoniyati;
- Qulay mehnat sharoitlari.
Hamkorlik shartlari:
- O’z vaqtida ish haqini to’lash (Soliqdan keying ish haqi 2 000 000 dan 3 500 000 so’mgacha + bonuslar);

- Moslashuvchan ish jadvali (smenali ish):
6/1 8:00-16:00, 15:00-23:00
2/2 8:00-20:00, 11:00-23:00.

Birinchi hafta ish o’rganish (ish haqi to’lanadi) – rasmiy ishga joylashish;
Ijtimoiy paket: 3 oylik sinov muddatidan so’ng ixtiyoriy tibbiy sug'urta.

Ариза тўлдириш